NUR
Yeremiyo 44
1Misrning shimolidagi Migdol, Taxpanxas va Nuf shaharlarida, shuningdek Misrning janubida istiqomat qilayotgan yahudiylar to‘g‘risida Yeremiyoga Egamiz shu so‘zini ayon qildi:
2“ Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: — Men Quddus va Yahudoning hamma shaharlariga keltirgan barcha falokatlarni sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingizlar. O‘sha shaharlar hozir xarob bo‘lib, huvullab yotibdi.
3Yahudo odamlari qabih ishlari bilan Meni g‘azablantirdilar. Ular begona xudolarga sig‘inib, qurbonliklar kuydirdilar. Bu begona xudolarni na ularning o‘zlari, na sizlar, na ota–bobolaringiz biladilar.