NUR

Yeremiyo 41

1O‘sha yilning yettinchi oyida shoh Zidqiyoning bosh lashkarboshilardan biri bo‘lgan Nataniyo o‘g‘li Ismoil o‘nta odami bilan birga Mispaxga — Oxixam o‘g‘li Gadaliyoning huzuriga bordi. Ismoil shoh urug‘idan bo‘lgan Elishamaning nabirasi edi. Gadaliyo kelganlar bilan birga dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanayotganda,

2Nataniyo o‘g‘li Ismoil va u bilan kelgan o‘nta odam qilichlarini yalang‘ochlab, Bobil shohi hokim qilib tayinlab ketgan Gadaliyoni chopib tashladi.

3Gadaliyo bilan birga Mispaxda bo‘lgan hamma yahudiylarni Ismoil qilichdan o‘tkazdi. U yerdagi Bobillik sipohlarni ham o‘ldirdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →