NUR
Yeremiyo 38
1Matton o‘g‘li Shafatiyo, Pashxur o‘g‘li Gadaliyo, Shalamiyo o‘g‘li Yuxal va Malkiyo o‘g‘li Peshxur Yeremiyoning xalqqa aytgan shu so‘zlarini eshitgan edilar:
2“ Egamiz demoqda: Shaharda qolganlar qilichdan, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladilar. Bobilliklarning oldiga chiqqanlar esa tirik qoladilar. Bunday odamlar hech bo‘lmaganda o‘z jonlarini saqlab qoladilar.”
3Ular yana Egamizning Yeremiyo orqali aytgan shu so‘zlarni ham eshitgan edilar: Egamiz demoqda: “Bobil shohining lashkarlari albatta bu shaharni taslim qilib, qo‘lga kiritadilar.”