NUR
Yeremiyo 36
1Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yilida Yeremiyoga Egamizning shu so‘zi ayon bo‘ldi:
2“O‘rama qog‘oz ol. Isroil, Yahudo va barcha shohliklarga qarshi Men aytgan so‘zlarni yozib qo‘y. Senga ilk bor Yo‘shiyo davrida ayon qilgan so‘zimdan tortib, to bugunga qadar aytgan barcha gaplarimni yoz.
3Balki Yahudo xalqi Men boshlariga keltirmoqchi bo‘lgan falokatlar haqida eshitib, yovuz yo‘llaridan qaytar. Shunda Men ularning gunohu ayblarini kechiraman.”