NUR

Yeremiyo 29

1Yeremiyo payg‘ambar Bobilda asirlarning orasida omon qolgan oqsoqollarga, ruhoniylarga, payg‘ambarlarga va asirlikda yurgan butun xalqqa Quddusdan bir maktub yo‘lladi. Bu asirlarni shoh Navuxadnazar Quddusdan Bobilga surgun qilgan edi.

2Shoh Yohayixin, ona malika, a’yonlar, Yahudo va Quddus yo‘lboshchilari, hunarmandlaru temirchilar Quddusdan surgun qilingandan keyin bu maktub yozildi.

3Yeremiyo maktubini Shofon o‘g‘li Elasax va Xilqiyo o‘g‘li Gamariyo orqali jo‘natdi. Yahudo shohi Zidqiyo bu odamlarni Bobil shohi Navuxadnazar huzuriga yuborgandi. Maktub quyidagi mazmunda edi:

Nur ilovasida to'liq o'qish →