NUR
Yeremiyo 21
1Shoh Zidqiyo Yeremiyo payg‘ambarning oldiga Malkiyo o‘g‘li Peshxur va Masiyo o‘g‘li ruhoniy Zafaniyoni yubordi. Shunda Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi. Peshxur bilan Zafaniyo Yeremiyoga shunday dedilar:
2“O‘tinamiz, biz uchun Egamizga yolvor, chunki Bobil shohi Navuxadnazar bizga hujum qilyapti. Balki Egamiz avvalgidek mo‘jizalar ko‘rsatib, Navuxadnazarni orqaga chekintirar.”
3Yeremiyo ularga shunday deb javob berdi: