NUR

Yeremiyo 2

1Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:

2— Quddusga borib, jar sol. “Egangiz shunday deb aytmoqda: Yoshligingdagi vafodorliging yodimda, Kelinchakligingdagi sevging esimda. Sen sahroda Menga ergashgan eding, Ekin ekilmagan yerda orqamdan yurar eding.

3Ey Isroil, sen Menga bag‘ishlangan eding, O‘rimimning ilk hosiliga o‘xshagan eding. O‘sha hosilni yegan har kim aybdor hisoblanardi, Bundaylarning boshiga kulfat kelar edi”, deb aytmoqda Egamiz.

Nur ilovasida to'liq o'qish →