NUR

Yeremiyo 19

1Egamiz menga shunday dedi: “Borib kuloldan bir sopol ko‘za sotib ol. So‘ng yoningga xalq oqsoqollaridan va bosh ruhoniylardan olib,

2Singan ko‘zalar darvozasi yaqinidagi Xinnum soyligiga tush. Men senga aytadigan so‘zlarni oqsoqollarga sen o‘sha yerda aytasan.

3Sen ularga shunday deb ayt: “Ey Yahudo shohlari, Quddus aholisi, Egamizning so‘zlarini eshitinglar. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu joyga shunday falokat yog‘diramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →