NUR

Hakamlar 3

1Egamiz, Kan’on yurtida bo‘lib o‘tgan bironta urushda qatnashmagan Isroil xalqini sinay, hech qachon urush ko‘rmagan bu yangi avlodga jangni o‘rgatay, deb quyidagi xalqlarni qoldirgan edi:

2beshta Filist bekini, barcha Kan’on xalqlarini, Sidonliklar va Baal –Xermon tog‘idan to Levo–Xomatgacha Lubnon qirlarida yashagan Xiv xalqini.

3Ular yordamida Egamiz O‘z xalqi Isroilni sinab, Muso orqali ota–bobolariga bergan amrlarga itoat qilish–qilmasligini ko‘rmoqchi edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →