NUR
Hakamlar 21
1Isroil xalqi Mispaxdagi yig‘inda: “Birontamiz ham Benyamin qabilasiga qiz uzatmaymiz”, — deb ont ichgan edi.
2Benyamin qabilasi bilan bo‘lgan urushdan keyin Isroil xalqi Baytilga borib, Egamiz huzurida kechgacha o‘tirdi. Ular faryod ko‘tarib:
3“Ey, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, nega bunday ko‘rgilik boshimizga tushdi?! Nega Isroilning bir qabilasi yo‘q bo‘lib ketdi?!” — deya achchiq–achchiq yig‘ladilar.