NUR

Hakamlar 2

1Egamizning farishtasi Gilgaldan Boximga kelib shunday dedi: — Men sizlarni Misrdan olib chiqdim. Ont ichib, ota–bobolaringizga beraman, degan yurtga sizlarni olib kirdim. Men: “Sizlar bilan tuzgan ahdimni hech qachon buzmayman”, degan edim.

2Sizlarga: “Bu yurt xalqlari bilan ahdlashmanglar, ularning qurbongohlarini vayron qilinglar”, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar amrimga itoat qilmay, teskarisini qildingizlar.

3Bunday qilganingiz uchun yurtingizda yashab yurgan bu xalqlarni Men endi haydab chiqarmayman. Ular sizlarga dushman bo‘lib, ularning xudolari sizlarga tuzoq bo‘ladilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →