NUR

Hakamlar 12

1Efrayim qabilasi lashkarini to‘plab, Iordan daryosining narigi qirg‘og‘idagi Zofunga o‘tib Yiftoxga do‘q qildi: — Nega sen Ommon xalqiga qarshi jang qilganingda bizni ham chaqirmading? Shu qilganing uchun biz seni uyingga qo‘shib yondirib yuboramiz!

2— Men sizlarni yordamga chaqirgan edim–ku, — dedi Yiftox. — O‘shanda, bizga jabr–zulm o‘tkazgan Ommon xalqi bilan qattiq janjallashib qolganimda, o‘zingiz menga yordam bermadingiz–ku!

3Sizlar menga yordam bermasligingizni bila turib, jonimni xatar ostiga qo‘ydim–da, Ommon xalqining ustiga bostirib borib hujum qildim. Egamiz esa ularni mening qo‘limga berdi. Nima uchun endi sizlar kelib menga qarshi urush qilmoqchisizlar?!

Nur ilovasida to'liq o'qish →