NUR
Ishayo 65
1Egam aytar: “Meni so‘ramaganlarga ko‘rindim, Meni izlamaganlar topdi. Menga iltijo qilmagan bir xalqqa: ‘Mana Men! Shu yerdaman!’ deb aytdim.
2Itoatsiz xalqni Kun bo‘yi quchoq ochib kutdim. Ana, ular o‘zlari xohlagan, To‘g‘ri bo‘lmagan yo‘llardan yuradi.
3Ular yuzimga qarab turib, Jahlimni chiqaradi. Sajdagoh bog‘larda hech to‘xtovsiz qurbonliklar keltiradi, G‘isht qurbongohlarda tutatqilar tutatadi.