NUR
Ishayo 63
1Edomdan kelayotgan kim? Qizil libos kiyib, Bozrax shahridan kelayotgan kim? Ko‘zni qamashtiruvchi kiyimlar kiyib, Katta kuch bilan qadam bosgan kim? “Bu Men, Egangizman! Qutqarish kuchiga egaman. G‘alabani e’lon qilishga kelmoqdaman.”
2Nechun kiyimlaring qip–qizil? Nima uchun chuqurda uzum ezgan odamga o‘xshaysan?
3“Chuqurda bir o‘zim ezdim, Yonimda xalqlardan birontasi yo‘q edi. G‘azab bilan ularni ezdim, Qahr bilan ularni oyoq osti qildim. Ularning qoni kiyimlarimga sachradi, Butun usti boshimni iflos qildi.