NUR

Ishayo 61

1Egamiz Rabbiyning Ruhi meni qamrab olgan, Chunki U meni tanlagan. “Yo‘qsillarga xushxabar yetkazsin, Xasta qalblarga shifo bersin, Zindondagilarga, ‘qutulasiz’, desin, Asirlarga ozodlik e’lon qilsin”, deb Egam meni yubordi.

2“Egamning marhamat yilini, Xudoning qasos oladigan kunini e’lon qilsin, Azadorlarning hammasini ovutsin”, deb Egam meni yubordi.

3“Quddusda nola qilayotganlarga tasalli bersin, Ularga kul o‘rniga zeb–ziynat, Aza o‘rniga shodlik moyi, Ma’yus ruh o‘rniga madhiya bersin”, deb Egam meni yubordi. Endi ularni, “ Egamiz O‘z shuhrati uchun ekkan ko‘chatlar, Solihlik emanlari”, deb atashadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →