NUR

Ishayo 6

1Shoh Uzziyo vafot etgan yili men yuqoriga yuksalgan Rabbiyning taxtda o‘tirganini ko‘rdim. Uning libosining etaklari Ma’badni to‘ldirgan edi.

2Uning tepasida seraflar shay turardi, har birining oltita qanoti bor edi. Ular ikki qanoti ila yuzlarini to‘sgandi, ikki qanoti ila oyoqlarini to‘sgandi, qolgan ikki qanoti bilan uchayotgan edi.

3Ular bir–biriga hayqirishardi: “ Muqaddasdir, muqaddasdir, Muqaddasdir Sarvari Olam! Uning ulug‘vorligi Butun olamni to‘ldirgan!”

Nur ilovasida to'liq o'qish →