NUR

Ishayo 56

1Egamiz shunday aytmoqda: “Adolatni himoya qiling, To‘g‘ri ishlarni qiling. Zotan, najotim yaqinda keladi, Adolatim tez orada zohir bo‘ladi.

2Shabbat kunini tahqirlamay, Unga rioya qiladigan inson baxtlidir! Har qanday yovuzlikdan qo‘lini tiyib, Barqaror bo‘lgan inson baxtlidir!”

3Begona xalqdan bo‘la turib, O‘zini Egamizga bag‘ishlagan odam: “Egamiz meni albatta O‘z xalqidan ajratadi”, deb aytmasin. Bichilgan erkak ham: “Men qurigan daraxtman”, deb aytmasin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →