NUR
Ishayo 5
1Qo‘shiq aytay suyukligimga, Aytay muhabbat qo‘shig‘imni Uning uzumzori haqida. Suyganimning uzumzori bor edi Tuprog‘i unumli tepalikda.
2Yerni ag‘darib, toshlardan tozaladi, O‘tqazdi eng sara uzum tokini, Qorovul minorasini o‘rtaga qurdi. Yana uzum siqishga hozirlik ko‘rdi, Uzumlarning pishishini u kutdi, Ammo hosil ituzum bo‘ldi.
3Endi, ey Quddus ahli, Yahudo xalqi, Hakam bo‘ling Men bilan uzumzorim o‘rtasida.