NUR

Ishayo 46

1Egam aytar: “Bel tiz cho‘kdi, Navo bukildi. Ularning butlari molu hayvonga yuk bo‘ldi. Oldin ko‘tarib yurganlaringiz Endi toliqqanga yuk bo‘ldi.

2Ular egildi, birga tiz cho‘kdi, Ular endi yukni qutqara olmaydi, O‘zlari esa asir bo‘lib ketadi.

3Ey Yoqub xonadoni! Menga quloq soling! Ey Isroil xonadonining omon qolganlari! Ey xalqim! Tug‘ilganingdan beri seni onaday ko‘tarib yurdim, Ha, dunyoga kelmasingdan oldin Men tayanching bo‘ldim.

Nur ilovasida to'liq o'qish →