NUR
Ishayo 42
1Egam aytar: “Mana Mening qulim, O‘zim uni qo‘llab–quvvatlayman. Men O‘zim uni tanlaganman. Undan juda mamnunman. Men unga O‘z Ruhimni berdim, U elatlarga adolat keltiradi.
2U baqir–chaqir qilmaydi, qattiq gapirmaydi, Ko‘chalarda ovozini baland ko‘tarmaydi.
3Ezilgan qamishni sindirmaydi, Tutayotgan pilikni o‘chirmaydi, Sodiq bo‘lib, adolat keltiradi.