NUR
Ishayo 4
1O‘sha kuni yetti ayol bir erkakni tutib olib, shunday deydi: “O‘z nonimizni yeymiz, O‘z kiyimimizni kiyamiz. Sharmandaligimizdan bizni qutqaring, Bizni sizniki, deb bilishsa bo‘ldi.”
2O‘sha kuni Isroildagi omon qolganlarga Yurtning hosili iftixor, ulug‘vorlik bo‘ladi. Ha, Egamning novdasi ko‘rkam, ulug‘vor bo‘ladi.
3Quddusda omon qolganlar, O‘sha Sion shahrida qolganlar “ Muqaddas”, deb ataladi. Ular Quddusda hayot kitobiga yozilgan.