NUR
Ishayo 39
1O‘sha paytlarda Baladon o‘g‘li, Bobil shohi Marduxbaladon shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar jo‘natdi. U Hizqiyoning xastalanib, keyin sog‘ayganini eshitgandi.
2Hizqiyo elchilarni ko‘rib xursand bo‘ldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushbo‘y hidli ziravorlarni va moylarni, butun qurol–yarog‘ omborini ularga ko‘rsatdi. Hizqiyoning saroyidayu o‘z shohligida ularga ko‘rsatmagan hech narsasi qolmadi.
3Ishayo payg‘ambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib: — Bu odamlar qayerdan kelibdi? Senga nimalar dedi? — deb so‘radi. — Uzoq bir yurtdan, Bobildan mening huzurimga kelibdilar, — deb javob berdi Hizqiyo.