NUR
Ishayo 33
1Ey talanmagan talonchi! Holingga voy! Ey xiyonatni tatimagan xiyonatkor! Holingga voy! Rosa talab bo‘lganingdan so‘ng, O‘zingni talon–taroj qiladilar. Xiyonatni bas qilganingda, Senga xiyonat qiladilar.
2Ey Egamiz, bizga marhamat qil, Biz Senga umid bog‘laymiz. Bizga har kun kuch ato qil, Kulfat chog‘i esa bizga najot ber.
3Gumburlagan ovozingdan xalqlar tarqab ketar, Sen qo‘zg‘alganingda elatlar qochib ketar.