NUR
Ishayo 3
1Sarvari Olam — Rabbiy endi Quddus va Yahudo xalqiga har turli ta’minot hamda madad bermay qo‘yadi. Ularni non va suvdan bebahra qilyapti.
2Jangchilar va askarlardan, hakamlar va payg‘ambarlardan, folbinlar va oqsoqollardan mahrum qilyapti.
3Ellikboshi va amaldorlardan, maslahatchilardan, mohir ustalar va “dono” afsungarlardan judo qilyapti.