NUR
Ishayo 26
1O‘sha kuni Yahudo yurtida ushbu qo‘shiq kuylanar: “Mana, shahrimiz qudratlidir! Egamiz bizning qal’amizdir, Uning O‘zi bizga najot beradi.
2Oching shahar darvozalarini! Sadoqatli solih xalq ichkari kirsin!
3Ey Egamiz, Senga ishonib, Fikri–zikri Sendan uzilmaydiganga O‘zing komil tinchlik ato qilasan.