NUR
Ishayo 24
1Ana, Egamiz xarob etadi yer yuzini, Vayronaga aylantiradi uni, Ostin–ustin qiladi yer yuzini, Tarqatib yuboradi zamin ahlini.
2Bir taqdir kutmoqda Xalqu ruhoniyni, Qul va uning egasini, Cho‘riyu uning bekasini, Xaridoru sotuvchilarni, Qarzdoru qarz beruvchini, Sudxo‘ru qarz olganni.
3Dunyo tamom vayron bo‘ladi, Yer yuzi o‘ljaga aylanadi. Ha, Egamizning kalomi shudir.