NUR

Ishayo 19

1Misr haqida bashorat. Ana, Egam minib olgan uchqur bulutga, U keladi Misrga. Misrning behuda butlari Uning oldida titrar, Misrning yuragi esa orqaga tortar.

2“Misr xalqini bir–biriga sapchitaman. Aka–ukalaru do‘stlar, Shaharlaru shohliklar Bir–biriga qarshi chiqar.

3Misrdagi ruhlar bitta qolmay qochib ketadi. Men Misrning rejayu niyatlarini puchga chiqaraman. Ular qidirib qolar Behuda butlarniyu sehrgarlarni, Folbinlaru otalari ruhlarini.

Nur ilovasida to'liq o'qish →