NUR
Ishayo 18
1Holingga voy! Ey Habashiston daryolari ortidagi Qanotlar guvullashiga to‘lgan yurt!
2Nil daryosi orqali xabarchilarini jo‘natadigan, Dengiz orqali papirus kemalarini yuboradigan yurt! Sening holingga voy! Boringlar, ey chaqqon xabarchilar, Baland bo‘yli, tiniq terili xalqqa, Uzoqdan ham, yaqindan ham qo‘rqinchli bo‘lgan xalqqa, Kuchli, zabt etuvchi xalqqa, Yurtida daryolari bor xalqqa.
3Ey olam ahli, yurt xalqi! Tog‘larda bayroq ko‘tarilganda, ko‘rasiz, Burg‘u chalinganda, eshitasiz.