NUR
Ishayo 13
1Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Bobil to‘g‘risida ayon bo‘lgan bashorat.
2Yalang tepalik uzra ishora yuboring, Ularga qarab hayqiring! Qo‘llaringizni ko‘tarib, ularga ishora bering. Shunda ular aslzodalar darvozasiga kelar.
3Egam aytar: “Men O‘zim tanlaganlarga amr berib, Qahrimni ko‘rsatsin, deb jangchilarimni yig‘dim, G‘alabamdan sevinadiganlarni to‘pladim.”