NUR
Ishayo 10
1Ey siz, yovuz farmonlar chiqaradiganlar, Qonunlar yozib, jabr keltiradiganlar.
2Kambag‘alni adolatdan mahrum qilyapsiz, Mazlum xalqimni talayapsiz, Ovingiz bo‘layotir bevalar, O‘ljangiz bo‘layotir yetimlar.
3Qiyomat kuni kelganda, siz nima qilasiz? Uzoqdan balo kelganda, nima qilasiz? Yordam so‘rab kimga qochib borasiz?! Boyligingizni qayerga olib ketasiz?!