NUR
Xo'sheya 4
1Egamizning da’vosi bor bu yurt aholisiga, Ey Isroil xalqi, quloq tut Egamizning so‘ziga: “Bu yurt vafoyu sadoqatni bilmaydi, Ular Men, Xudoni tan olmaydi.
2Qachon qaramasa la’nat aytishadi, Aldashadi, odam o‘ldirishadi, O‘g‘irlik qilib, fahsh ishlarga berilishadi. Hamma yoqda zo‘ravonlik, qotilliklar qilishadi.
3Mana shuning uchun yurt qurib bormoqda, U yerda yashovchi xalq nobud bo‘lmoqda. Halok bo‘lmoqda yovvoyi hayvonlar, Ko‘kdagi qushlaru hatto dengizdagi baliqlar.