NUR
Xo'sheya 14
1Samariya aholisi o‘z Xudosiga qarshi bosh ko‘tardi, Endi ular gunohining jazosini tortadi. Ular qilichdan halok bo‘ladi, Dushmanlar go‘daklarini yerga urib o‘ldiradi, Homilador ayollarning qorinlarini yoradi.
2Ey Isroil, Egang Xudoga qaytgin! Axir, gunoh tufayli sen qulading.
3Gapingni tayyorlab, Egamizga qayt. Sen Unga shunday deb ayt: “Gunohlarimizdan kechib yuborgin, Ibodatimizni qabul qilgin. Biz Senga madhiyamizni nazr qilamiz.