NUR

Xo'sheya 1

1Yahudo yurtida shohlar Uzziyo, Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda Isroil taxtida Yo‘sh o‘g‘li Yorubom o‘tirgan edi. O‘sha vaqt mobaynida Beri o‘g‘li Xo‘sheyaga Egamiz O‘z so‘zlarini ayon qildi.

2Egamiz dastlab Xo‘sheya orqali gapirishni boshlaganda, unga shunday degan edi: “Borib fohisha ayolga uylan, u senga begona erkaklardan orttirgan farzandlar tug‘ib beradi. Zotan, Mening xalqim ham fohishaga o‘xshaydi. Ular Menga bevafolik qilib, begona xudolarga sajda qilishmoqda.”

3Xo‘sheya Diblayim qizi Go‘meraga uylandi. Go‘mera homilador bo‘lib, Xo‘sheyaga o‘g‘il tug‘ib berdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →