NUR
Ibroniylarga 5
1Har bir oliy ruhoniy insonlar orasidan tanlab olinadi. U Xudoga gunohlar uchun nazrlar va qurbonliklar keltirib, xalq vakili bo‘lib xizmat qiladi.
2G‘aflatda gunoh qilib qo‘ygan odamlarni oliy ruhoniy tushunadi, chunki u o‘zi ham inson, kamchiliklari bor.
3Shu sababdan u nafaqat xalqning gunohlari uchun, balki o‘zining gunohlari uchun ham qurbonliklar keltirishi zarur.