NUR
Ibroniylarga 12
1Imoni bizga ibrat bo‘lib xizmat qiladigan ana shu odamlarning hammasi atrofimizni o‘rab olgan. Bu katta olomon bizni kuzatib turarkan, taqdirimizdagi musobaqada sabr–toqat bilan chopaylik. Yugurishimizga xalaqit berayotgan har qanday yukni, ayniqsa, to‘sqinlik qilayotgan har qanday gunohni bir chetga uloqtirib tashlaylik.
2Isoga ko‘z tikaylik. Axir, U bu imon musobaqasida biz uchun yo‘l ochib, butun masofani bizdan oldin yugurib o‘tdi. Iso kelajakdagi shodlikka erishish uchun, sharmandali o‘limni pisand qilmay, xochda azob bilan jon berdi. Hozir esa U Xudo taxtining o‘ng tomonida o‘tiribdi.
3Jasoratingiz so‘nmasligi va ko‘nglingiz cho‘kmasligi uchun, Iso haqida fikr yuritinglar. U gunohkorlar tomonidan ko‘p xo‘rlanib, hammasiga chidagan–ku!