NUR

Ibroniylarga 1

1Xudo qadimda ota –bobolarimizga ko‘p marta va turli tarzda payg‘ambarlar orqali gapirgan edi.

2Bu oxirgi kunlarda esa U bizga O‘z O‘g‘li orqali gapirdi. Xudo koinotni O‘g‘li orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan.

3O‘g‘il — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig‘ining aniq suratidir. U O‘zining qudratli kalomi bilan koinotni asrab turibdi. U O‘z jonini fido qilib, bizni gunohlardan pokladi, so‘ng samoda Ulug‘vor Xudoning o‘ng tomonida o‘tirdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →