NUR
Ibtido 5
1Odam Atoning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir. Xudo inson zotini yaratganda, ularni O‘ziga o‘xshagan qilib yaratgan edi.
2Xudo insonlarni erkak va ayol qilib yaratdi. Xudo ularni yaratgandan keyin Inson, deb nom qo‘yib, ularga baraka berdi.
3Odam Ato 130 yoshida o‘g‘il ko‘rgan edi. O‘g‘li otasining suratiday bo‘lib, unga o‘xshagan edi. Odam Ato o‘g‘liga Shis, deb ism qo‘ygan edi.