NUR
Ibtido 49
1Yoqub o‘g‘illarini huzuriga chorlab dedi: “Yonimga kelinglar, kelgusida sizlarga nima bo‘lishini aytay.
2Keling, quloq soling, ey, Yoqub o‘g‘illari, Eshiting otangiz Isroilning so‘zlarini.
3Ruben, sensan mening to‘ng‘ichim, Quvvatimning ilk mevasi, ham qudratim, Shuhratu qudratda yuksagi sensan.