NUR
Ibtido 47
1Shundan keyin, Yusuf fir’avnning huzuriga borib, shunday dedi: “Mening otam, aka–ukalarim mol–qo‘ylarini, butun mulkini olib, Kan’on yurtidan kelishdi. Ular hozir Go‘shen yerlarida.”
2Yusuf akalaridan beshtasini fir’avn huzuriga chiqardi.
3Fir’avn ulardan: — Kasb–koringiz nima? — deb so‘radi. — Biz, qullaringizning kasbi cho‘pon, ota–bobolarimiz ham cho‘pon o‘tishgan, — deb javob berishdi ular fir’avnga.