NUR
Ibtido 37
1Is’hoq vafot etgandan keyin, Yoqub yana Kan’on yurtida — otasi yashagan yurtda o‘rnashdi.
2Yoqubning xonadoni tarixi quyidagichadir. Yusuf o‘n yetti yoshga kirganda, ko‘pincha o‘gay akalari — Bilxax va Zilponing o‘g‘illari bilan birga otasining qo‘y–echkilarini boqqani borar edi. Yusuf akalari qilayotgan ba’zi yomon ishlardan otasini xabardor qilib turar edi.
3Yoqub Yusufni qarigan chog‘ida ko‘rgani uchun, boshqa o‘g‘illariga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Yoqub Yusufga beqasam chopon olib berdi.