NUR
Ibtido 36
1Esovning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir (u Edom ismi bilan taniqli):
2Esov Kan’onlik qizlarga uylangan edi. Birinchi xotinining ismi Oida bo‘lib, Xet xalqidan Elo‘n deganning qizi edi. Ikkinchisiniki Oxolibom bo‘lib, Xiv xalqidan Anah deganning qizi edi. Bobosining ismi Zibo‘n edi.
3Uchinchi xotinining ismi Bosimat bo‘lib, Ismoilning qizi edi. Qizning Navayot degan akasi bor edi.