NUR
Ibtido 30
1Rohila Yoqubga bola tug‘ib bera olmagach, endi opasiga hasad qila boshladi. — Menga farzand bering, bo‘lmasa o‘laman! — dedi u Yoqubga.
2Yoqub Rohiladan qattiq g‘azablandi. — Nima, men Xudomanmi?! Seni bepusht qilib yaratgan Xudo–ku!
3Shunda Rohila Yoqubga dedi: — Ana, cho‘rim Bilxaxning yoniga kiring. U menga bola tug‘ib bersin, toki cho‘rim orqali men ham bolali bo‘lay.