NUR

Ibtido 3

1Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. O‘sha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan: — Haqiqatan ham Xudo, bog‘dagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb so‘radi.

2Xotin ilonga: — Yo‘g‘–e, biz bog‘dagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin, — deb javob berdi.

3— Lekin Xudo, bog‘ o‘rtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham, tegmanglar ham, yesalaringiz o‘lasizlar, deb aytgan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →