NUR

Ibtido 29

1Yoqub yo‘lida davom etib, nihoyat, sharqdagi yurtga yetib keldi.

2U dashtda bir quduqni uzoqdan turib ko‘rdi. Quduq yonida uch to‘p poda yotardi. Chorva shu quduqdan sug‘orilar, quduqning og‘zi kattakon tosh bilan yopib qo‘yilardi.

3Cho‘ponlar hamma qo‘y–echkilarni u yerga haydab kelganlaridan keyin, quduqning og‘zidagi toshni surishib, qo‘ylarni sug‘orishardi–da, quduqning og‘zini yana o‘sha tosh bilan berkitib qo‘yishardi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →