NUR

Ibtido 26

1Shu orada Ibrohim davrida yuz berganday, yurtda qattiq ocharchilik bo‘ldi. Is’hoq Garor shahriga ko‘chib ketdi. U yerda Filistlar shohi Abumalek yashardi.

2Is’hoqqa Egamiz zohir bo‘lib, unga dedi: — Misrga borma. Men senga ko‘rsatadigan yurtda o‘rnashib,

3o‘sha yerda yashab tur. Agar shunday qilsang, Men sen bilan birga bo‘laman, senga baraka beraman. Mana shu yurtning hammasini senga va sening naslingga beraman. Otang Ibrohimga bergan va’damda turaman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →