NUR
Ibtido 10
1Nuhning o‘g‘illari Som, Xom va Yofas to‘fondan keyin o‘g‘illar ko‘rdilar. Ularning nasl–nasabi va ulardan kelib chiqqan xalqlar tarixi quyidagichadir.
2Yofas nasli: Go‘mer, Mago‘g, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
3Go‘mer nasli: Ashkanoz, Rifat, To‘xarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.