NUR
Galatiyaliklarga 5
1Bizga erkinlik berish uchun Masih bizni ozod qildi. Endi shu erkinlikni mahkam tutinglar, qaytadan qullik bo‘yinturug‘ini taqmanglar.
2Mana, men, Pavlus, sizlarga aytyapman: agar sizlar sunnat qilinsangiz, Masih sizlarga hech qanday foyda keltirmaydi.
3Sunnat qilinadigan har bir odamga yana ta’kidlab aytaman: u butun qonunni bajarishga majburdir.