NUR
Galatiyaliklarga 3
1Ey befahm Galatiyaliklar! Kim sizlarni sehrlab qo‘ydi? Axir, Iso Masihning xochga mixlangani ko‘z o‘ngingizda aniq tasvir etilmaganmidi?!
2Sizlardan faqatgina bir narsani so‘rab bilmoqchiman! Xo‘sh, sizlar Ruhni qanday qilib oldingizlar: qonunga amal qilish orqalimi yoki eshitganlaringizga ishonish orqalimi?
3Sizlar shunchalik befahmmisizlar? Ruh qudrati bilan yangi hayot boshlagan ekansiz, endi uni o‘z insoniy kuchingiz bilan kamolga yetkazmoqchimisiz?