NUR

Galatiyaliklarga 1

1Men — Pavlus va men bilan birga bo‘lgan hamma birodarlar Galatiya o‘lkasidagi imonlilar jamoatlariga salom yo‘llaymiz. Men insonlar tomonidan emas, inson orqali ham emas, balki Iso Masih va Uni tiriltirgan Otamiz Xudo tomonidan havoriy qilib tayinlanganman.

2Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat hamda tinchlik ato qilsin.

3Iso Masih bizni hozirgi yovuz zamondan qutqaray, deb bizning gunohlarimiz uchun O‘zini fido qildi. U shu yo‘sin Otamiz Xudoning irodasini ado etdi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →