NUR

Ezra 9

1Shu voqealardan keyin Isroil xalqining yo‘lboshchilari mening oldimga kelib, shunday deyishdi: “Asirlikdan qaytgan Isroil xalqining ko‘pchiligi, hatto ba’zi ruhoniylar bilan levilar mahalliy xalqlardan o‘zlarini saqlamadilar. Ular Kan’on, Xet, Pariz, Yobus, Ommon, Mo‘ab, Misr va Amor xalqlarining jirkanch odatlarini o‘zlashtirib oldilar.

2Yahudiy erkaklarining ba’zilari o‘sha xalqlarning qizlariga uylandilar, o‘g‘illariga ham o‘sha xalqlarning qizlaridan olib berdilar. Shu tariqa muqaddas xalq yurtdagi boshqa xalqlar bilan chatishib ketdi. Bu xiyonatni yo‘lboshchilar bilan amaldorlar boshlab berishdi.”

3Men bu gaplarni eshitganimda qayg‘udan ko‘ylagim va ridoimni yirtib tashladim, soch–soqolimni yuldim. Qattiq iztirobda qoldim.

Nur ilovasida to'liq o'qish →